Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

edit SideBar

At the Hospital

Literary languageTashkent dialectEnglish
Tezroq tuzalib keting. Tezro: tuzalip ketin.Get well soon.
Shamollab qoldim. Shomollap qoldim.I have a cold.
Boshim og’riyapti. Boshim og’rivotti.I have a headache.
Kechadan beri ovqat yeyolmayapman. Kechadan biri ovqat yeyo:miyamman.I haven’t been able to eat since yesterday.
Kechasi yaxshi uxlay olmadim. Kechasi yaxshi uxlo:madim.I didn’t sleep well last night.
Isitmam chiqmadi. Isitmam chiqmadi.I did not have a fever.
Penitsillinga allergiyam bor. Pensillinga allergiyam bor.I have an allergy to penicillin.
Qornim qattiq og’riyapti. Qonnim qattuv o:rivotti.I have an acute stomach ache.
Oyog’im chiqib ketdi shekilli Oyog’im chiqib ketdi shekilliIt seems that my leg is out of joint.
Nima bo’ldi? Nima bo’ldi?What happened?
Qachondan beri boshingiz og’riyapti? Qachondan biri boshiz og:rivotti?How long have you had a headache?
Isitmangiz chiqdimi? Isitmez chiqtimi?Did you have a fever?
Qayeringiz og’riyapti? Qatiz o:rivotti?What hurts? Where do you feel pain?
Tomog’ingiz og’riyaptimi? Tomog’iz og:rivottimi?Do you have a sore throat?
Qo’lingiz uvushmayaptimi? Qo’liz uvushmiyaptimi?Are your hands numb?
Qaysi doriga allergiyangiz bor? Qaysi doriga allergiyez bor?What medicines are you allergic to?
Qanday dorilar ichyapsiz? Qanaqa dorila ichvos?What kind of medications are you taking?
Bu dorini bir kunda ikki mahal ichish kerak. Bu dorini bir kunda ikki mahal ichish kerey.You need to take this medicine twice a day.
Qon bosimingiz baland Qon bosimiz balanYour blood pressure is high.
Tuzukmisiz? Tuzuvmisiz?How are you?/Are you well?
Ko’rmagandek bo’lib keting. Ko’rmagandey bo’p ketin.I hope you’ll be over and done with it.
Dardingiz orqangizda qolsin. Dardiz orqezda qosin.May your sickness be forgotten.
Ko’rinishingiz binoyidek. Korinishiyiz binoyidey.You look great.
Xudo suygan bandasiga dard berar ekan Xudo yaxshi ko’rgan bandasiga dart berarkanGod makes those he likes sick.
Dard bergan Xudoyim davosini ham beradi. Dard bergan Xudoyim dovosiniyam beradi.The Lord heals the sickness he has given.
Xudoning o’zi asrasin Xudoni o’zi asrasinMay God forbid.
Page last modified on October 22, 2010, at 11:18 AM
baltimore health department metronidazole