Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

edit SideBar

Literary languageTashkent dialectEnglish
Bahorda hamma yoq chiroyli bo’lib ketadi. Bohorda hammayo: chiroyli bo’p ketadi.Everywhere is beautiful in the spring.
Bahorda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi. Bohorda ob-hovo tez-tez o’zgarip turadi.The weather changes quickly in the spring.
Bahorda hamma yoq ko‘m-ko‘k bo‘ladi. Bohorda hamma yo: ko‘m-ko‘: bo‘ladi.Everywhere becomes very green in the spring.
Baland poshna tuflingni kiyma. Balan poshna tupligiyni kiyma.Don’t wear your high-heeled shoes.
Banan daraxti qanday bo’lar ekan? Banan daraxi qanaqa bo’larkan?What is a banana tree like?
Bankka borib pul almashtirishim kerak. Bonkka borib pul almashtirishim kerey.I need to go to the bank and exchange money.
Bayram kuni nima qilasizlar? Bayram kuni nima qilasila?What are you doing the day of the holiday?
Binafsha rang nimaning timsoli? Binapsha reng nimani timsoli?What does violet color represent?
Bir choygum sovuq suv bo’lsa edi! Bir choygum sovux suv bo’seydi!If only we had a kettle of cold water.
Bir choynak choy damlab keling. Bir choyney choy damlap keling.Go brew a pot of tea.
Bir- ikki yildan keyin hammasi boshqacha bo’ladi. Bir- ikki yildan keyin hammasi boshqacha bo’ladi.Everything will be different in a year or two.
Bir piyola choy bering. Bir pela choy bering.I’d like a cup of tea, please.
Bir tog’ora shaftoli terdik. Bir tog’ora shoptoli terdu:.We picked one platter-full of peaches.
Bitta palov qarzman sizga. Bitta palo’v qarzman sizga.I owe you one meal of pilaf.
Biz bir hafta avval uchrashgandik. Biza bir hapta oldin uchrashuvduz.We had met a week earlier.
Biz majnuntol soyasida o’tirib dam oldik. Biza majnuntolli soyasida o’tirip dam oldu:v.We rested beneath a weeping willow.
Biz to’qqiz qavatli uyda yashaymiz. Biza to’qqis qavatli /etajli uyda turamiza.We live in a nine-storey building.
Bizning 60ta qo’yimiz bor. Bizani 60ta qo’yuvza bor.We have sixty sheep.
Bizning mashinamizning rangi yashil. Bizani moshino’zani rangi yashil.Our car is green.
Bo’ronda qolgan odamga o’xshaydi. Bo’ronda qogan odamga o’xshiydi.He looks like someone who’s been in a storm.
Bobom oltmish yil umr ko’rdilar. Dodam otmush yil umr ko’rdila.My grandfather lived to be sixty.
Bog’imizda olma daraxti juda ko’p. Bog’uzada olma daraxi ja ko’p.We have a lot of apples in our orchard.
Bola yotadigan karavot uning bo’yiga mos bo’lishi kerak. Bola yotadigan kalavot uni bo’yiga mos bo’lishi kerey.A child needs a bed that fits his height.
Bolalar kapalak quvlab yurishibdi. Bolla kapaley quvlap yurishipti.The children are chasing butterflies.
Bolaning qulog’iga azon aytildimi? Bolani qulog’iga azon etildimi?Did anyone say make the call to prayer in the baby’s ear?
Bolasining jigari shishib ketibdi. Bolasini jigari ishib ketipti.Her child’s liver has swollen.
Bo’rining o’zi to’ysa ham, ko’zi to’ymas. Bo’rini o’zi to’ysayam, ko’zi to’ymas.Even though the wolf is full, he still wants more.
Boshiga ro’mol o’rab olgan qiz mening singlim. Boshiga ro’mol o’ravogan qiz mani siynim.That girl with the headscarf on is my little sister.
Boshim og’riyapti. Boshim o:g’rivotti.I have a headache.
Botinkam shkafning ichida. Batinkam ishkoppi ichida.My hard shoes are in the closet. ??
Boyqushning sayrashini hech ham eshitmaganman. Boyqushshi sayrashini hicham eshitmaganman.I’ve never heard an owl.
Bozordan nimalar olmoqchisiz? Bozordan nimala omoxchisiz?What do you want to get at the market?
Bozor-o’char qilishim kerak. Bozor-o’char qilishim kerey.I need to go shopping.
Bu asalarimi, yoki qovoqarimi? Bu asalarimi, yo’ki qovog’arimi?Is this a honey bee or a hornet?
Bu bizning millatimizning buyukligidan darak beradi. Bu bizani millatimizani buyukligidan darey beradi.This/he/she shows how great our nation is.
Bu daraxt may oyida gullaydi. Bu darax moy oyida gulliydi.This tree blooms in May.
Bu daraxtning mevasi qovoq rang bo’ladi. Bu daraxxi mevasi qovo: reng bo’ladi.The fruit of this tree is orange. ??
Bu gapingizga yuz foiz qo’shilaman. Bu gapizga yuz poiz qo’shilaman.I agree with you one hundred percent
Bu gapni u o’z og’zi bilan aytgan. Bu gappi u o’z o:g’zi bilan etkan.He said it himself.
Bu gapni unga shanba kunigacha aytmay turing. Bu gappi unga shanba kungacha etmiy turing.Don’t tell him this until Saturday.
Bu gilam juda qimmat turadi. Bu gilam ja qimmat turadi.This carpet is very expensive.
Bu joy davlatga tegishli. Bu joy do’:vlatka tegishli.This is government property.
Bu maqolani 24 soat ichida yozib bo’ldim. Bu maqolani 24 sog’ot ichida yozibo’ldim.I wrote this article in twenty-four hours.
Bu o’simlik Qizil kitobga kiritilmagan ekan. Bu o’simlik Qizil kitobka kiritilmaganakan.This plant is not on the endangered species list.
Bu odam xalqning duosini olgan. Bu odam xalqqi dug’osini ogan.This person has the people’s blessing.
Bu qizning sochlari uzun ekan. Bu qizzi chochlari uzun akan.The girl’s hair is long.
Bu savol meni olti yildan beri qiynaydi. Bu sovol mani olti yildan biri qiyniydi.This question has been bothering me for the past six years.
Bu yil bahorda do’l yog’madi. Bu yil bohorda do’l yog’madi.We didn’t have any hail this spring.
Bu yil fevral 28 kunlik ekan. Bu yil fevral 28 kunliy akan.February has twenty-eight days this year.
Bu yil Hajga borishka niyat qildim. Bu yil Hajga borishka niyat qildim.I have decided to make the Hajj this year.
Bu yil o’tgan yildagidan 25 foiz ko’p soliq to’ladim. Bu yil o’tkan yildigidan 25 poiz ko’p solu: to’ladim.I paid twenty-five percent more taxes this year than last year.
Bugun ammamnikiga boraman. Bugun ammamlanikiga boraman.I’m going to my aunt’s house today.
Bugun chuchvara pishirib bering. Bugun chuchvara pishirbering.Make us wontons today.
Bugun havo bulut. Bugun hovo bulit.It’s cloudy today.
Bugun ishga pushti kofta kiyib boraman. Bugun ishka pushti kofta kiyip boraman.I’m going to wear my pink jacket to work.
Bugun xokkey o’ynaylik. Bugun xokkey o’yniylu:v.Let’s play hockey today.
Bugun yaxshi uxlolmadim, kechasi bilan chivin taladi. Bugun yaxshi uxlo:madim, kechasi bilam chivin taladi.I didn’t have a good sleep last night, the mosquitoes kept me awake
Bundan keyin qarz olmayman ham, bermayman ham. Munnan keyin qarz omiymanam, bermiymanam.From now on I’m not borrowing or lending any money.
Page last modified on October 11, 2010, at 02:38 PM
azithromycin respidol medicine levaquin buy online '; exit(); } ?>