Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

edit SideBar

Literary languageTashkent dialectEnglish
Anavi oq sochli kishi kim? Anuv oq chochli kishi kim?Who’s that white-haired man?
Qora kiyim kiyishni yoqtirmayman. Qora kiyim kiyishshi yoqtirmiyman.I don’t like wearing black.
Bu oʻsimlik Qizil kitobga kiritilmagan ekan. Bu oʻsimlik Qizil kitobka kiritilmaganakan.This plant is not on the endangered species list.
Bizning mashinamizning rangi yashil. Bizani moshinoʻzani rangi yashil.Our car is green.
Hovlimizga pushti rangli gullar ekkanmiz. Hovluzaga pushti rangli gulla ekkanmiza.We planted pink flowers in our garden.
Koʻk rangli kitobni koʻryapsizmi? Koʻk rengli kitoppi koʻrvossismi?See the blue book?
Siyoh rang kiyim sizga yarashmaydi. Siyoh reng kiyim sizga yarashmiydi.Dark blue doesn’t look good on you.
Amerikada sariq sabzi boʻlmas ekan. Amerikada saru: savzi boʻmasakan.They don’t have yellow carrots in America.
Kulrang darvozali hovliga kirasiz. Kulreng darvazali hovliga kirasis.Go into the courtyard with the gray gates.
Zarchava solsangiz, palov novvot rang boʻlib chiqadi. Zarchoʻva sosez, palov novvot reng boʻp chiqadi.If you add turmeric, the pilaf will turn yellowish-orange.
Jigarrang koʻylagingizni boshqa kiymang. Jigarreng koʻynegizzi boshqa kiymeng.Don’t wear that brown shirt of yours anymore.
Kumush rangli sumkamni juda yaxshi koʻraman. Kumush reng soʻmkammi ja yaxshi koʻraman.I really like my silver bag.
Zangori ekran-televizor, zangori kema-paxta terish mashinasi degani. Zangori ekran-tilvizor, zangori kema-paxta terish moshinasi digani.Turquoise screen means television and turquoise ship means cotton-picking machine.
Samarqandning moviy gumbazlarini koʻrganmisiz? Samarqanni moviy gumbazlarini koʻrganmisis?Have you seen the blue domes of Samarqand?
Binafsha rang nimaning timsoli? Binapsha reng nimani timsoli?What does violet color represent?
Och yashil rangli qovun sotib oldik. Och yashil reng qovun sotvoldik.We got a light-green melon.
Tarvuzning yerda yotgan tomoni toʻq sariq rang boʻlsa, u yaxshi pishgan boʻladi. Tarvuzzi yerda yotkan tomoni toʻq saru: reng boʻsa, u yaxshi pishkan boʻladi.If the bottom of the watermelon is deep yellow, then it means it’s ripe.
Bu daraxtning mevasi qovoq rang boʻladi. Bu daraxxi mevasi qovo: reng boʻladi.The fruit of this tree is orange. ??
Havo rang uy oldida toʻxtadik. Hovo reng uyyi oldida toʻxtaduv.We stopped in front of the light blue house.
Oppoq qor yogʻdi. Oppo: qor yogʻdi.Pure white snow fell.
Bahorda hamma yoq koʻm-koʻk boʻladi. Bohorda hamma yo: koʻm-koʻ: boʻladi.Everywhere becomes very green in the spring.
Uning sochi sap-sariq ekan. Uni chochi sap-saru: akan.His hair is very blond.
Qishin-yozin yam-yashil. Qishin-yozin yam-yashil.It’s green all year.
Otajon, menga bozordan qip-qizil olma olib keling. Adajon, manga bozordan qip-qizil olma obkeling.Daddy, bring me a bright red apple from the market.
Koʻz-qoshlari qop-qora qiz ekan. Koʻz-qoshlari qop-qora qizakan.She has dark eyes and eyebrows.
Jip-jigarrang mashina olibsiz. Jip-jigarreng moshina opsiz.The car you bought is very brown.
Yuzimga qaymoq rang upa surganman. Yuzimga qaymo: reng upa surganman.I put cream-colored makeup on my face.
Malla mushugimiz bolaladi. Malla mushuguvza bolaladi.Our light-brown cat had kittens.
Page last modified on October 26, 2010, at 04:29 PM
baltimore health department metronidazole