Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

edit SideBar

Literary languageTashkent dialectEnglish
Bogʻimizda olma daraxti juda ko’p. Bogʻuzada olma daraxi ja koʻp.We have a lot of apples in our orchard.
Olcha gulladi. Olcha gulladi.The sour cherry tree is in bloom.
Ukamga gilos terib berdim. Ukamga gilos teriberdim.I picked some cherries for my little brother.
Nok hali yaxshi pishmagan ekan. Nok hali yaxshi pishmaganakan.The pears aren’t ripe yet.
Koʻchamizning ikki tomoniga oʻrik daraxti ekilgan. Koʻchamizani ikkala tomoniga oʻru:v daraxi ekilgan.There are apricot trees planted on both sides of our street.
Apelsin suvi ichgim kelyapti. Apelsin suvi ichkim kevotti.I’d like to have some orange juice.
U bozorda mandarin sotayotgan ekan. U bozorda mandarin sotvotkanakan.He was selling tangerines in the market.
Hovlimizga limon daraxti ekkanmiz. Hovluzaga limon daraxi ekkanmiz.We planted a lemon tree in our garden.
Ananas juda qimmat ekan. Ananas ja qimmatakan.Pineapples are really expensive.
Banan daraxti qanday boʻlar ekan? Banan daraxi qanaqa boʻlarkan?What is a banana tree like?
Dasturxonga bir laganda anor qoʻydik. Dasturxonga bitta laganda anor qoʻydu:.We put pomegranates in a serving plate on the table.
Xurmo yeyish sogʻliqqa foydali ekan. Xurmo yeyish so:gʻlu:ga foydaliyakan.Eating persimmons is good for your health.
Jiyda gulining hidi juda yaxshi boʻladi. Jiyda gulini hidi ja yaxshi boʻladi.Russian olive trees have a nice smell.
Palovga behi soldingizmi? Palovga bihi soldizmi?Did you put any quince in the pilaf?
Uzum necha pul boʻlibdi? Uzum nechchi pul boʻpti?How much are grapes now?
Shaftoli danagidan yogʻ olinishini eshitganmidingiz? Shoptoli danegidan yogʻ olinishini eshitkanmidiz?Have you ever heard of getting oil from peach pits?
Olxoʻri ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi. Olxoʻri oʻ:qat hazm boʻlishini yaxshiliydi.Plums are good for digestion.
Koʻksulton ishtaha ochadi. Koʻksulton ishtaha ochadi.Green plums improve the appetite.
Tarvuzni koʻp dardga davo deyishadi. Tarvuzzi koʻp dardga dovo diyishadi.They say that watermelons are the cure for all kinds of ills.
Kecha siz olib kelgan qovun asaldek shirin ekan. Kecha siz obkegan qovun asaldey shirinakan.The melon you brought yesterday was as sweet as honey.
Handalakning hidini sogʻindim. Handaleyni hidini sogʻindim.I miss the smell of handalak melons.
Page last modified on October 27, 2010, at 03:47 PM
azithromycin respidol medicine levaquin buy online '; exit(); } ?>