Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

edit SideBar

Household Items

Literary languageTashkent dialectEnglish
Almisoqdan qolgan shkafingingizni buncha yaxshi koʻrasiz? Almisodan qogan ishkopizzi muncha yaxshi koʻrasis?Why do you like that ancient drawer of yours so much?
Kitoblarni stol ustiga qoʻydim. Kitoplani istolli ustiga qoʻydim.I put the books on the table.
Ikkita yaxshi stulimiz bor. Ikkita yaxshi ustulimiza bor.We have two good chairs.
Bola yotadigan karavot uning boʻyiga mos boʻlishi kerak. Bola yotadigan kalavot uni boʻyiga mos boʻlishi kerey.A child needs a bed that fits his height.
Soatingni tumbochka ustiga qoʻyib qoʻydim. Sogʻotiyni tumbichkani ustiga qoʻyip qoʻydim.I put your watch on the bedside table.
Har kuni xontaxta atrofida oʻtirib ovqatlanamiz. Har kuni xontaxtani atropida oʻtirib ovqatlanamiza.Every day we eat at the low table.
Bu gilam juda qimmat turadi. Bu gilam ja qimmat turadi.This carpet is very expensive.
Palos gilamga qaraganda ancha arzon turadi. Polos gilamga qaraganda ancha arzon turadi.Rugs are much cheaper than carpets.
U parda orqasiga oʻtib yigʻlab oʻtiribdi. U pardani orqasiga oʻtib yigʻlab oʻtiribdi.She’s crying behind the curtain.
Yostiq jildlarini kam deganda haftasiga bir marta almashtirib turish kerak. Yostu: jildlarini kam diganda haptasiga bir matta almashtirib turish kerey.You have to change the pillowcases at least once a week.
Oyim koʻrpa qavishni yaxshi biladilar. Oyim koʻrpa qavishshi yaxshi bilalla.My mom knows how to quilt very well.
Koʻrpacha solishni bilmas ekansiz. Koʻrpacha solishshi bilmas akansis.You don’t know how to make a bed.
Xamirni sovutkichga qoʻyib qoʻy. Xamirri xolodinniyga qoʻyip qoʻy.Put the dough in the refrigerator.
Xonani changyutkich bilan tozalab qoʻy. Xonani pilesos bilan tozalap qoʻy.Vacuum the room.
Bir piyola choy bering. Bir pela choy bering.I’d like a cup of tea, please.
Kechqurun bir kosa suyuq ovqat ichib oldim. Kechqurun bir kosa suyu: ovqat ichvoldim.I had some soup in the evening.
Salatni 2ta tarelkaga solib olib keling. Salatti 2ta talinkaga sob ob keling.Put the salad on two plates and bring it here.
Ovqatga bir osh qoshiq tomat soling. Ovqatka bir osh qoshu: tamat soling.Add one spoonful of tomato paste to the food.
Bu tortga bir choy qoshiq kakao solinadi. Bu tortga bir choy qoshu: kakao solinadi.This cake calls for one teaspoon of cocoa.
Katta qoshigʻimni bering. Kotta qoshigʻimmi bering.Give me my big spoon.
Salatni sanchqi bilan yeng. Salatti vilka bilam yeng.Eat the salad with a fork.
Pichoqni charxlash kerak ekan. Picho:ni chaxlash kerey akan.This knife needs sharpening.
Bir togʻora shaftoli terdik. Bir togʻora shoptoli terdu:.We picked one platter-full of peaches.
Togʻorachaga un solib qoʻydim. Togʻorachaga un sop qoʻydim.I put some flour in the dish.
Guruchni kapgir bilan tekislaysiz. Guruchchi kapkir bilam tekisliysis.You smooth out the rice with a skimmer.
Oshga ikki choʻmich yogʻ solasiz. Oshka ikki choʻmich yo: solasis.Put in two ladles of oil into the pilaf.
Qozonga sut solib qaynatdim. Qozonga sut sop qaynattim.I put the milk into a cauldron and boiled it.
Bir choynak choy damlab keling. Bir choyney choy damlap keling.Go brew a pot of tea.
Bir choygum sovuq suv boʻlsa edi! Bir choygum sovux suv boʻseydi!If only we had a kettle of cold water.
Laganga osh suzildi. Laganga osh suzildi.The pilaf was served on a platter.
Derazadan patnisni uzatib yuboring. Derazadan pannissi uzatvoring.Hand me the tray through the window.
Qozonning qopqogʻini yopdingmi? Qozonni qopqogʻini yoptingmi?Did you put the lid on the cauldron?
Qasqonni olovga qoʻyib yuboring. Qasqonni olovga qoʻyvoring.Put the steamer on the fire/burner.
Men kotletni tovada pishiraman. Man katletti tovada pishiraman.I cook meatballs in a frying pan.
Kastrulkada shoʻrva pishirib koʻrganmisiz? Kastrulkada shoʻrva pishirip koʻrganmisiz?Have you ever tried making soup in a saucepan?
Page last modified on October 27, 2010, at 03:37 PM
baltimore health department metronidazole