Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

edit SideBar

Literary languageTashkent dialectEnglish
Ertaga havo qanday bo’lar ekan? Ertega hovo qanaqa bo’larkan?What’s the weather going to be like tomorrow?
Bugun havo sovuq bo’ladi. Bugun hovo sovu: bo’ladi.It’s going to be cold today.
Ertaga havo issiq bo’ladi. Ertega hovo issuv bo’ladi.Tomorrow it’s going to be hot.
Kechqurun havo iliq bo’ladi. Kechqurun hovo ilu: bo’ladi.It’ll be warm in the evening.
Kechasi tuman tushadi. Kechasi tuman tushadi.It’ll be foggy tonight.
Ertaga yomg’ir yog’sa kerak. Ertega yomg’ir yog’sa kerey.It’ll probably rain tomorrow.
Bugun qor yog’adi shekilli. Bugun qor yog’adi shekilli.It looks like it will snow today.
Hozir yomg’ir tinadi. Hozir yomg’ir tinadi.The rain will stop now.
Quyosh chiqdi. Opto’v chiqti.The sun came out.
Bugun havo salqin. Bugun hovo salqin.It’s cool today.
Havo bulut ekan. Hovo bulutakan.It’s cloudy.
Qor erib ketdi. Qor erip ketti.The snow melted.
Ko’chalar yaxmalak, ehtiyot bo’ling. Ko’chala yaxmaley, ihtiyot bo’lin.The streets are icy, be careful.
Bu yil qish qattiq bo’ladi. Bu yil qish qattu: bo’ladi.Winter will be harsh this year.
Bu yil qor kam yog’di. Bu yil qor kam yog’di.It didn’t snow much this year.
Qattiq shamol bo’lyapti. Qattu: shomol bo’votti.It’s very windy. It’s blowing really hard.
Momaqaldiroq bo’lyapti. Momoqaldiro: bo’votti.There’s a thunderstorm.
Bu yil ob-havo yaxshi keldi. Bu yil ob-hovo yaxshi keldi.We had good weather this year.
Page last modified on October 22, 2010, at 04:09 PM
baltimore health department metronidazole