Indiana University Bloomington
 
CTILD

Home

Gallery

Site Map

edit SideBar

Literary languageTashkent dialectEnglish
Yakshanba kuni yaxshilab dam olishim kerak. Yakshanba/otdix kuni yaxshilap dam olishim kerey.I need to get good and rested on Sunday.
Yangi olimpiyka sotib oldim. Yengi alimpiyka sotivoldim.I got a new t-shirt.
Yanvarda havo juda sovuq bo’ldi. Yanvarda hovo ja sovu: bo’ldi.It was really cold in January.
Yaqinda qaynisinglimni uzatamiz. Yaqinda qaynisiynimmi uzato:za.My sister-in-law is getting married soon.
Yaqinda yana bitta evaralik bo’lay deyapman. Yaqinda yana bitta avarali bo’liy divomman.I’m about to have another great-great-grandchild.
Yaqinda yangi qonun kuchga kiradi. Yaqinda yengi qonun kuchka kiradi.The new law will take effect soon.
Yetti o’lchab bir kes. Yetti o’lchap bir kes.Measure seven times before you cut. (this proverb is “Measure twice, cut once” in English)
Yettidagi poyezdga ulgurishim kerak. Yettidigi poyezga ulgurishim kerey.I need to make the seven o’clock train.
Yigirma bir kundan keyin bu yerdan ko’chib ketamiz. Yigirma bir kundan keyin bo’ttan ko’chip ketamiza.We’re moving away in twenty-one days.
Yigirma ikki marta to’pni o’tqazib yuborishdi! Yigirma ikki marta kopto’vni o’tqizvorishdi!They got the ball through twenty-two times!
Yigirma so’mingiz bormi? Yigirma simiz bo:mi?Do you have twenty som?
Yil o’n ikki oy ishlayman. Yil o’n ikki oy ishliyman.I work twelve months a year.
Yomon eshak ip uzar, Yomon xotin uy buzar. Yomon eshshey ip uzar, Yomon xotin uy buzar.A bad donkey breaks its tether, a bad woman destroys the household.
Yomon tush ko’ribsiz, albatta sadaqa berib yuboring. Yomon tush ko’ripsiz, albatta sadaqa berivoring.You’ve had a bad dream; you must give alms to someone.
Yoshligimda kaptar uchirishni yaxshi ko’rardim. Yoshligimda kaptar uchirishshi yaxshi ko’rardim.When I was young I liked to fly/raise pigeons. ??
Yostiq jildlarini kam deganda haftasiga bir marta almashtirib turish kerak. Yostu: jildlarini kam diganda haptasiga bir matta almashtirib turish kerey.You have to change the pillowcases at least once a week.
Yozda kunlar juda uzun bo’ladi. Yozda kunla juda uzun bo’ladi.The days are long in summer.
Yuragim sanchyapti. Yuregim senchvotti.I’m feeling heart pains.
Yuzimga qaymoq rang upa surganman. Yuzimga qaymo: reng upa surganman.I put cream-colored makeup on my face.
Yuzingni yuvdingmi? Yuziyni yuvdingmi?Did you wash your face?
Page last modified on October 11, 2010, at 02:44 PM
baltimore health department metronidazole